Mundarija
Fransiya ligasi bahslarini Setanta Sportsda tomosha qiling | Setanta Sports
2024 Avg 07, 14:56 PM
4 mins read

So‘nggi uch mavsumda ketma-ket PSJning gegemonligi ostida kechayotgan Fransiya birinchi ligasi bahslari yana startga chiqish arafasida turibdi. Har yili yangi yulduzlarni yetishtirib berishi bilan nom chiqargan ligada boshlanayotgan mavsumda ham ko‘plab iqtidorlar yetishib chiqishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. O‘zbek ishqibozlari uchun Abduqodir Husanovning “Lans” jamoasidagi faoliyatini kuzatish o‘ziga xos voqeaga aylanadi.

Chempionlik poygasi uchun PSJ, «Marsel», «Monako» va «Lion» klublari kurashishi taxmin qilinmoqda. Kilian Mbappe Fransiyani tark etgan bo‘lishiga qaramay, ligada o‘yinlarini tomosha qilish muxlislarga zavq beradigan futbolchilar yetarlicha topiladi. Qolaversa, uning ketishi sababli chempionlik uchun kurash keskin kechishi mumkin. 18 jamoadan iborat chempionatda har bir jamoa maydonga tushadigan 34 uchrashuv keskinligi bilan ajralib turishi aniq.

2023-24-yilgi mavsumga nigoh

Avvalgi mavsumda kutilganidek PSJ g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Parijliklarga uzoq vaqt mobaynida qarshilik ko‘rsatgan “Monako” va “Brest” buni chempionat oxirigacha davom ettira olishmadi, lekin “Brest”ning ajoyib o‘yinlari barchani hayratlantirdi. Ushbu klubning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgani Yevropada oldingi mavsumning eng kutilmagan natijalaridan biriga aylandi. Shuningdek, “Lion”ning ikkinchi davrada o‘ziga kelgani va oxirgi pog‘onadan Yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani ham juda ajoyib bo‘ldi.

PSJ, “Monako”, “Brest” va “Lill” Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. “Nitsa” va “Lion” Yevropa Ligasida, Abduqodir Husanov o‘ynaydigan “Lans” esa Konferensiyalar Ligasida qatnashadi.

Kilian Mbappe 27 gol bilan o‘tgan mavsum to‘purar va eng yaxshi futbolchiga aylandi. “Brest” a’zosi Kamori Dumbiya eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi. “Brest” ustozi Erik Rua eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etildi.

2024-25-yilgi mavsum ishtirokchilari

JamoaO‘tgan mavsumdagi o‘rniStadioni
Pari Sen-Jermen1Park de Prins
Monako2Lui II
Brest3Fransis Le Ble
Lill4Per Morua
Nitsa5Alyans Riviera
Lion6Grupama
Lans7Bollar Delelis
Marsel8Velodrom
Reyms9Ogyust Delone
Renn10Roazon Park
Tuluza11Munisipial
Monpelye12De la Mosson
Strasburg13De la Meno
Nant14De la Bojuar
Gavr15Osean
Oser1 (Liga 2)Abbe Desham
Anje2 (Liga 2)Raymon Kopa
Sent-EtyennPley-off g‘olibi (Liga 2)Joffrua Gishar

2024-25-yilgi mavsum taqvimi

Fransiyada chempionat 16-avgust kuni Gavrda “Gavr” va amaldagi chempion PSJ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi. Ilk turdayoq “Brest” va “Marsel” klublari to‘qnash keladi. “Renn” va “Lion” ishtirokidagi bahs ham qiziqishga sabab bo‘ladi. Husanov jamoasi “Lans” esa “Anje” mehmoni bo‘ladi. Chempionatda oxirgi tur o‘yinlari 22-may kuni o‘tkaziladi.

1-tur o‘yinlari

16-avgust, juma

• 23:45 Gavr – PSJ

17-avgust, shanba

• 20:00 Brest – Marsel

• 22:00 Reyms – Lill

• 00:00 Monako – Sent-Etyenn

18-avgust, yakshanba

• 18:00 Oser – Nitsa

• 20:00 Anje – Lans

• 20:00 Tuluza – Nant

• 20:00 Monpelye – Strasburg

• 23:45 Renn – Lion

Fransiya ligasi bahslarining biror lahzasini o‘tkazib yubormang. Barcha bellashuvlarni yurtimizda Setanta Sports orqali jonli tomosha qiling!

2024-25-yilgi mavsum murabbiylari

Yangi chempionatda murabbiylar borasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. “Marsel”ga Roberto De Zerbining kelishi ushbu klub va ligaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi. Ko‘pchilik De Zerbining Angliya yoki Ispaniyaning yetakchi klublaridan birida ish boshlashini kutgandi. Lekin italiyalik murabbiy “Marsel” bilan kelishuvga erishdi. “Brayton”dagi ajoyib faoliyati bilan e’tiborni tortgan De Zerbi endi marselliklarni chempionlik sari yetaklashga urinib ko‘radi. Oxirgi yillarda PSJga munosib raqib topilmayotgandi, endi bunga ushbu jamoa harakat qiladi. “Monako”da Adi Xyutter, “Lion”da Pyer Saj, “Lill”da Bruno Jenezio, “Brest”da Erik Rua va “Lans”da Uill Stillning ishini kuzatish ham qiziqarli bo‘ladi.

JamoaMurabbiy
AnjeAleksandr Dyujo
OserKristoff Pellissye
BrestErik Rua
GavrDidye Digar
LansUill Still
LillBruno Jenezio
LionPyer Saj
MarselRoberto De Zerbi
MonakoAdi Xyutter
MonpelyeMishel Zakarian
NantAntuan Kombuare
NitsaFrank Xayz
PSJLuis Enrike
ReymsLuka Elsner
RennJyulyen Stefan
Sent-EtyennOlivye Dall Olo
StrasburgLaym Rosenior
TuluzaKarlos Martinez

Liga 1 2024-25-yilgi mavsum transferlari

1-iyul kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. 30-avgustga qadar Fransiya 1-ligasi klublari yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Liga 1 rasmiy sayti va havolasida klublarda ro‘y bergan barcha o‘tishlarni ko‘rishingiz mumkin.

Liga 1 2024-25yilgi mavsumini qayerda tomosha qilish mumkin?

Fransiya ligasining ehtiroslar and ajoyib kurashlarga boy bahslarini Setanta Sports va setantasports.com orqali tomosha qilish mumkin. OTT platformamizda bir paytning o‘zida 4ta uchrashuvni onlayn ko‘rib borish imkoniyati mavjud.

Sizdan faqat tayyorlanish, qulay joylashish va eng yaxshi futbol bahslaridan zavq olish kerak bo‘ladi. Liga 1 bahslari O‘zbekistonda faqat Setanta Sportsda!

Fransiya ligasi turnir jadvali and bellashuvlar taqvimi bilan tanishing.