Mundarija
Bundesliga bahslarini faqat Setanta Sportsda tomosha qiling | Setanta Sports
2024 Avg 07, 15:09 PM
3 mins read

Yevropada futbol mavsumining eng kutilmagan natijalaridan biri o‘tgan yili Germaniyada qayd etildi va shunday voqeadan keyin bundesliganing yangi mavsumi boshlanish arafasida turibdi. Avgustning oxirgi o‘n kunligida start oladigan chempionatda ko‘plab savollarga javob topiladi.

“Bayer” avvalgi mavsumdagi ajoyib yurishini davom ettira oladimi? Ushbu jamoa tarkibdagi yetakchilarini saqlab qola oldi. “Shtutgart” ham sensatsion natijalarini saqlab qolishga imkoniyati yetarli darajani saqlab qolgan-qolmagani qiziq. “Bavariya” esa aslida kim gegemonligini isbotlab qo‘yish maqsadida katta ishtiyoq bilan mavsumga kirishsa ajab emas. “Leypsig” va “Borussiya” Dortmund ham bemalol yuqori natijalar uchun kurasha oladigan salohiyatga ega. Bundesliga bizni yana kutilmagan natijalar bilan hayratga solishi mumkin.

2023-24-yilgi mavsumga nigoh

Oldingi mavsum “Bavariya”ning 11 yil davom etgan gegemonligiga barham berilgani bilan yodda qoldi. “Bayer” chempionatni ajoyib o‘tkazib, biror marta mag‘lubiyatga uchramagan holda oltin medallarni qo‘lga kiritdi. “Bavariya” esa 2-o‘rindan ham quruq qoldi. “Shtutgart” chiroyli futbol namoyish etgan holda kumush medallarga ega chiqdi.

“Bayer”, “Shtutgart”, “Bavariya”, “Leypsig” va “Borussiya” Dortmund Chempionlar Ligasida qatnashadi. “Ayntraxt” va “Xoffenxaym” Yevropa Ligasida ishtirok etadi. “Xaydenxaym” esa Konferensiyalar Ligasida o‘z kuchini sinab ko‘radi.

Xarri Keyn o‘tgan mavsumda 36 gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritdi. “Bayer”dan Florian Virtz eng yaxshi futbolchi deb topildi. “Borussiya” Dortmund darvozaboni Gregor Kobel mavsumning eng yaxshi posboni sifatida e’tirof etildi.

2024-25-yilgi mavsum ishtirokchilari

JamoaO‘tgan mavsumdagi o‘rniStadioni
Bayer1Bayarena
Shtutgart2MXP Arena
Bavariya3Alyants Arena
Leypsig4Red Bull Arena
Borussiya Dortmund5Signal Iduna Park
Anytraxt6Doyche bank Park
Xoffenxaym7Virzol Reyn Nekkar Arena
Xaydenxaym8Foyt Arena
Verder9Vezershtadion
Frayburg10Yevropa Park
Augsburg11VVK Arena
Volfsburg12Folksvagen Arena
Maynts13Meva Arena
Borussiya Myunxengladbax14Borussiya Park
Union Berlin15An der Alten Fyorsteray
Sankt Pauli1 (Bundesliga 2)Millerntor
Xolshtayn2 (Bundesliga 2)Xolshtayn
BoxumPley-off g‘olibi (Bundesliga)Vonoviya Rurshtadion

2024-25-yilgi mavsum taqvimi

Bundesligada mavsum 23-avgust kuni Myunxengladbaxda “Borussiya” va chempion “Bayer” o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. “Bavariya” dastlabki turda “Volfsburg” mehmoni bo‘lsa, “Borussiya” Dortmundda “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Mavsum 17-may kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.

1-tur o‘yinlari

23-avgust, juma

• 23:30 Borussiya M – Bayer

24-avgust, shanba

• 18:30 Maynts – Union

• 18:30 Augsburg – Verder

• 18:30 Frayburg – Shtutgart

• 18:30 Xoffenxaym – Xolshtayn

• 18:30 Leypsig – Boxum

• 21:30 Borussiya D – Ayntraxt

25-avgust, yakshanba

• 18:30 Volfsburg – Bavariya

• 20:30 Sankt Pauli – Xaydenxaym

Bundesliga bahslarining biror lahzasini o‘tkazib yubormang. Barcha bellashuvlarni yurtimizda Setanta Sports orqali jonli tomosha qiling!

2024-25-yilgi mavsum murabbiylari

Yozda bundesliganing 6 jamoasida murabbiylar almashinuvi sodir bo‘ldi. Ulardan e’tiborlisi “Bavariya” va “Borussiya” Dortmundda kuzatildi. Myunxen klubida Vensan Kompani, dortmundliklarda esa Nuri Shaxin ish boshladi. Har ikki mutaxassisning faoliyatini kuzatish qiziqarli bo‘ladi. Shaxin bundan avval “Borussiya”da ishlagan bo‘lsa, Kompani uchun Angliyaning kuchli bo‘lmagan klubidan Germaniya gegemoniga o‘tish katta chaqiriq deb aytish mumkin. Kompani va “Bavariya” bir-biriga qanchalik mos kelishini mavsum davomida bilib olamiz.

JamoaMurabbiy
AyntraxtDino Topmyoller
AugsburgYess Torup
BavariyaVensan Kompani
BayerXabi Alonso
Borussiya DNuri Shaxin
Borussiya MXerardo Seoane
BoxumPeter Saydler
VerderOle Verner
VolfsburgRalf Xazenxyuttl
MayntsBo Xenriksen
LeypsigMarko Roze
Sankt PauliAleksander Blessin
UnionBo Svensson
FrayburgYulian Shuster
XaydenxaymFrank Shmidt
XolshtaynMarsell Rapp
XoffenxaymPellegrino Mataratso
ShtuttgartSebastyan Xyoness

Bundesliga 2024-25-yilgi mavsum transferlari

1-iyul kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. 30-avgustga qadar Germaniya bundesligasi klublari yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Budesliga rasmiy sayti va havolasida klublarda ro‘y bergan barcha o‘tishlarni ko‘rishingiz mumkin.

Bundesliga 2024-25yilgi mavsumini qayerda tomosha qilish mumkin?

Bundesliganing ehtiroslar and ajoyib kurashlarga boy bahslarini Setanta Sports va setantasports.com orqali tomosha qilish mumkin. OTT platformamizda bir paytning o‘zida 4ta uchrashuvni onlayn ko‘rib borish imkoniyati mavjud.

Sizdan faqat tayyorlanish, qulay joylashish va eng yaxshi futbol bahslaridan zavq olish kerak bo‘ladi. Bundesliga bahslari O‘zbekistonda faqat Setanta Sportsda!

Bundesliga turnir jadvali va bellashuvlar taqvimi bilan tanishing.