Mundarija
A seriya bahslarini Setanta Sportsda tomosha qiling | Setanta Sports

Top ligalar orasida oxirgi uch mavsumdan buyon chempionlari o‘zgarib kelayotgan Italiya A seriyasining navbatdagi qiziqarli o‘tishi kutilayotgan mavsumi 17-avgustdan boshlanadi. “Yuventus”ning uzoq vaqtlik gegemonligidan keyin so‘nggi uch yilda chempionlar nomi almashmoqda.

Yevrokuboklarda italyan klublari yana yaxshi ishtirok etishni boshlashgani A seriya avvalgi qudratini tiklab borayotganini ko‘rsatadi. Oxirgi ikki mavsumdagi 6 finaldan 5tasida Italiya jamoalari o‘ynashdi. Bu esa jamoalar saviyasi yana yuqori darajaga qaytib borayotganini isbotlaydi.

Joriy chempionatda “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Napoli”, “Atalanta”, “Roma” va “Latsio”ning o‘zaro raqobatga kirishib, skudetto yo‘lida keskin o‘yinlar taqdim etishi turgan gap.

2023-24-yilgi mavsumga nigoh

Mavsumni juda barqaror o‘tkazgan “Inter” Milan derbisida “Milan” ustidan qozongan g‘alabasi bilan avvalgi mavsumda chempionlikni nishonladi. Endi bu klub hisobida 20ta chempionlik mavjud va ular ikki yulduzli liboslarda maydonga tushishadi. “Inter”ustozi Simone Indzagi eng yaxshi murabbiy, hujumchi Lautaro Martinez esa eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi. Eng chiroyli gol “Monsa” vakili Dani Motaga nasib qildi. Lautaro Martinez 24 gol bilan to‘purarlikni ham qo‘lga kiritdi.

“Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Atalanta” va “Bolonya” jamoalari Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishdi. Yuqori reyting ballari sababli Italiyadan 5 klub ushbu turnirda qatnashadi. “Roma” va “Latsio” Yevropa Ligasida, “Fiorentina” esa Konferensiyalar Ligasida Italiya nomini himoya qilishadi.

2024-25-yilgi mavsum ishtirokchilari

JamoaO‘tgan mavsumdagi o‘rniStadioni
Inter1San Siro
Milan2San Siro
Yuventus3Yuventus
Atalanta4Jeviss
Bolonya5Renato Dall Ara
Roma6Olimpiko
Latsio7Olimpiko
Fiorentina8Artemio Franki
Torino9Olimpiko
Napoli10Diego Armando Maradona
Jenoa11Luiju Ferraris
Montsa12Brianteo
Verona13Markantonio Bentegodi
Lechche14Via del Mare
Udineze15Friuli
Kalyari16Unipol Domus
Empoli17Karlo Kastellani
Parma1 (B seriya)Ennio Tardini
Komo2 (B seriya)Juzeppe Sinigalya
VenetsiyaPley-off g‘olibi (B seriya)Perluiji Pentso

2024-25-yilgi mavsum taqvimi

A seriya 17-avgust kuni Genuyada “Jenoa” va amaldagi chempion “Inter” uchrashuvi bilan start oladi. 25-may kuni so‘nggi tur bellashuvlari o‘tishi belgilangan.

Ilk turda “Milan” o‘z uyida “Torino”ni, “Yuventus” esa debyutant “Komo”ni qabul qiladi. “Napoli” “Verona” maydoniga safar uyushtiradi.

1-tur o‘yinlari

17-avgust, shanba

• 21:30 Jenoa – Inter

• 21:30 Parma – Fiorentina

• 23:45 Milan – Torino

• 23:45 Empoli – Montsa

18-avgust, yakshanba

• 21:30 Verona – Napoli

• 21:30 Bolonya – Udineze

• 23:45 Latsio – Venetsiya

• 23:45 Kalyari – Roma

19-avgust, dushanba

• 21:30 Lechche – Atalanta

• 23:45 Yuventus – Komo

A seriya bahslarining biror lahzasini o‘tkazib yubormang. Barcha bellashuvlarni yurtimizda Setanta Sports orqali jonli tomosha qiling!

2024-25-yilgi mavsum murabbiylari

A seriyada murabbiylar almashinuvi bo‘yicha “qizg‘in” davr kuzatildi. Naqd 14 jamoa yangi mavsum arafasida yangi mutaxassislarni taklif etdi. Ko‘zga ko‘rinarli o‘tishlardan Tiago Mottaning “Bolonya”dan “Yuventus”ga yo‘l olganini ko‘rsatish mumkin. O‘z navbatida “Bolonya” Vinsencho Italyanoga ishonch bildirdi. Antonio Konte “Napoli”, Alessandro Nesta “Monsa” va Sesk Fabregas “Komo”da ish boshlashdi. “Milan” esa Pioli o‘rniga Paulo Fonsekani tayinladi. A seriyada 20 jamoa murabbiyidan faqat uchtasida xorijliklar ishlaydi – “Milan”, “Komo” va “Udineze”da.

Ko‘plab murabbiylarning almashgani jamoalarda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelgan taqdirda Italiyada bizni yana bir yodda qolarli mavsum va ajoyib bellashuvlar kutib turganini bildiradi.

JamoaMurabbiy
AtalantaJan Piero Gasperini
BolonyaVinchentso Italyano
KalyariDavide Nikola
KomoSesk Fabregas
EmpoliRoberto D`Aversa
FiorentinaRaffaelo Palladino
JenoaAlberto Jilardino
VeronaPaolo Zanetti
InterSimone Indzagi
YuventusTiago Motta
LatsioMarko Baroni
LechcheLuka Gotti
MilanPaulo Fonseka
MontsaAlessandro Nesta
NapoliAntonio Konte
ParmaFabio Pekkya
RomaDaniele De Rossi
TorinoPaolo Vanoli
UdinezeKosta Runyaich
VenetsiyaEusebio di Franchesko

A seriya 2024-25-yilgi mavsum transferlari

1-iyul kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. 30-avgustga qadar A seriya klublari yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. A seriya rasmiy sayti va havolasida klublarda ro‘y bergan barcha o‘tishlarni ko‘rishingiz mumkin.

A seriya 2024-25yilgi mavsumini qayerda tomosha qilish mumkin?

A seriyaning ehtiroslarga boy ajoyib o‘yinlarini Setanta Sports va setantasports.com orqali tomosha qilish mumkin. OTT platformamizda bir paytning o‘zida 4ta uchrashuvni onlayn ko‘rib borish imkoniyati mavjud.

Sizdan faqat tayyorlanish, qulay joylashish va eng yaxshi futbol bahslaridan zavq olish kerak bo‘ladi. A seriya bahslari O‘zbekistonda faqat Setanta Sportsda!

A seriya turnir jadvali va bellashuvlar taqvimi bilan tanishing!