Mundarija
La Liga bahslarini Setanta Sportsda tomosha qiling | Setanta Sports
2024 Avg 06, 18:36 PM
4 mins read

Jahonda ko‘plab ishqibozlarga ega bo‘lgan ikki ajoyib klub – “Real” va “Barselona” ishtirok etadigan chempionat – La Liganing yangi mavsumi startiga ham ko‘p vaqt qolmadi. Boshqa kuchli ligalar singari Ispaniya primerosi avgust oyi o‘rtasida boshlanadi.

Ushbu ligaga Kilian Mbappening ko‘chib o‘tgani unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib yuborishi tabiiy. Terma jamoaning Yevrodagi muvaffaqiyati ispan klublarida mahalliy yosh iqtidorlar yetishib chiqayotganini namoyish etdi. Bu esa joriy mavsum La Ligaga bo‘lgan e’tiborning ortishiga olib keladi.

Avvalgi mavsumda chempionlik uchun kurashdan erta chiqib ketgan “Atletiko” ham yaxshi transferlar orqali yana ushbu poygaga qaytishga urinib ko‘radi. “El Klasiko”ni dunyoga taqdim etadigan “Real” va “Barselona” esa doimgidek kim o‘zarga haqiqiy raqobatni taqdim etishadi. Har tarafdan yaxshi vaziyatdagi “Real” chempionlikni o‘zida saqlab qoladimi yoki unga munosib raqobatga guvoh bo‘lamizmi? Bunga 15-avgustdan start oladigan La Ligada Setanta Sports orqali javob topamiz.

2023-24-yilgi mavsumga nigoh

Oldingi mavsumda juda ishonchli o‘yin namoyish qilgan “Real” chempionat boshidanoq peshqadamlar qatorida bo‘lib, keyinchalik katta farq bilan ta’qibchilaridan o‘tib ketishga erishdi. Dastlab “Atletiko”, so‘ng “Jirona” va yakunda “Barselona” Madrid klubiga keskin qarshilik ko‘rsatishni uddalay olmadi. Tarkibdagi muammolarga qaramay, Karlo Anchelotti jamoani katta ishonch bilan chempionlik sari yetakladi.

“Barsa” esa turli muammolarini hal qilolmadi. Mavsum kashfiyotiga aylangan “Jirona”ga 2-davrada barqarorlik yetishmadi. Bu jamoaning Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganining o‘zi katta muvaffaqiyatga aylandi.

Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik 24 gol bilan La Liga to‘purariga aylandi. Biroq endi u Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi. “Real”, “Barselona”, “Jirona” va “Atletiko” Chempionlar Ligasida, “Atletik” va “Real Sosedad” Yevropa Ligasida, “Betis” esa Konferensiyalar Ligasida qatnashadi.

2024-25-yilgi mavsum ishtirokchilari

JamoaO‘tgan mavsumdagi o‘rniStadioni
Real1Santiago Bernabeu
Barselona2Olimpik, Kamp Nou
Jirona3Montilivi
Atletiko4Metropolitano
Atletik5San Mames
Real Sosyedad6Anoeta
Betis7Benito Vilyamarin
Vilyarreal8La Keramika
Valensiya9Mestalya
Alaves10Mendisorrotsa
Osasuna11El Sadar
Xetafe12Kolizeum
Selta13Balaidos
Sevilya14Ramon Sanches Pisxuan
Malyorka15Son Mua
Las Palmas16Gran Kanarya
Rayo Valyekano17Valyekas
Leganes1 (segunda)Butarke
Valyadolid2 (segunda)Xose Zorrilya
EspanyolPley-off g‘olibi (segunda)Steyj Front

2024-25-yilgi mavsum taqvimi

La Ligada mavsum 15-avgust kuni Bilbaoda “Atletik” va “Xetafe” jamoalari o‘yini bilan boshlanadi. Ilk turda “Real” “Malyorka” maydoniga safar qilsa, “Barselona” “Valensiya”ga qarshi “Mestalya”da to‘qnash keladi.

Mavsum 15-avgustda boshlanib, 25-may kuni nihoyasiga yetadi. “Real” va “Barsa” o‘rtasidagi uchrashuvlar davralar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi.

1-tur o‘yinlari

15-avgust, payshanba

• 22:00 Atletik – Xetafe

16-avgust, juma

• 00:30 Betis – Jirona

• 22:00 Selta – Alaves

17-avgust, shanba

• 00:30 Las Palmas – Sevilya

• 22:00 Osasuna – Leganes

18-avgust, yakshanba

• 00:30 Valensiya – Barselona

• 22:00 Real Sosyedad – Rayo Valyekano

19-avgust, dushanba

• 00:30 Malyorka – Real

• 22:00 Valyadolid – Espanyol

20-avgust, seshanba

• 00:30 Vilyarreal – Atletiko

La Liga bahslarining biror lahzasini o‘tkazib yubormang. Barcha bellashuvlarni yurtimizda Setanta Sports orqali jonli tomosha qiling!

2024-25-yilgi mavsum murabbiylari

Yangi mavsum boshlanishidan avval besh klubda murabbiy almashdi. Buni ancha barqaror holat deb baholash mumkin. “Barselona” Xavi o‘rniga nemis mutaxassisi Xansi Flikni olib kelishni ma’qul topdi. Uzoq yillar ispan va golland murabbiylari bilan ishlagan Kataloniya jamoasi endi boshqacha yo‘ldan borishga qaror qildi. Flikning qarashlari La Ligani yanada boyitishiga shubha yo‘q. Shuningdek, “Sevilya” ham omadsiz mavsumdan keyin Garsiya Pimyentani olib keldi. Luis Karrion “Las Palmas”, Visento Moreno “Osasuna” va Yagoba Arrasate “Malyorka” jamoalarida ish boshlashdi.

Murabbiylar orasida eng uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgan mutaxassis “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone hisoblanadi. U 12 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. “Real Sosyedad” ustozi Imanol Alguachil esa 5 yildan oshiq vaqtdan beri ishlamoqda.

JamoaMurabbiy
AlavesLuis Garsiya
AtletikErnesto Valverde
AtletikoDiego Simeone
BarselonaHansi Flik
BetisManuel Pellegrini
SeltaKlaudio Jiraldez
EspanyolManolo Gonsales
XetafeJoze Bordalas
JironaMichel
Las PalmasLuis Karrion
LeganesBorxa Ximenez
MalyorkaYagoba Arrasate
OsasunaVisente Moreno
Rayo ValyekanoInigo Peres
RealKarlo Anchelotti
Real SosyedadImanol Alguachil
SevilyaGarsiya Pimyenta
ValensiyaRuben Baraxa
ValyadolidPaulo Petsolano
VilyarrealMarselino

La Liga 2024-25-yilgi mavsum transferlari

1-iyul kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. 30-avgustga qadar La Liga klublari yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. La Liga rasmiy sayti va havolasida klublarda ro‘y bergan barcha o‘tishlarni ko‘rishingiz mumkin.

La Liga 2024-25yilgi mavsumini qayerda tomosha qilish mumkin?

La Liganing ajoyib o‘yinlarini Setanta Sports va setantasports.com orqali tomosha qilish mumkin. OTT platformamizda bir paytning o‘zida 4ta uchrashuvni onlayn ko‘rib borish imkoniyati mavjud.

Sizdan faqat tayyorlanish, qulay joylashish va eng yaxshi futbol bahslaridan zavq olish kerak bo‘ladi. La Liga bahslari O‘zbekistonda faqat Setanta Sportsda!

La Liga turnir jadvali and bellashuvlar taqvimi bilan bu yerda tanishing!