Mundarija
APL 2024-25-yilgi mavsumini Setanta Sportsda tomosha qiling | Setanta Sports
2024 Avg 06, 16:49 PM
4 mins read

Premyer-liganing yangi mavsumi avgust oyi o‘rtasida start oladi. 38 turdan keskin bellashuvlar hafta yakuni, ba’zida hafta o‘rtasi va doimgidek “Boksing dey”da bizni kutib turibdi.

12 shahar va 20 stadionni qamrab olgan chempionatda 20 jamoa o‘z maqsadlari sari yurishini boshlaydi. Jahonning eng yaxshi futbol ligalaridan biri sanalgan APL navbatdagi unutilmas mavsumni taqdim etishga tayyor.

Har doim bo‘lganidek, APLdan umidlar yuqori. Qaysi jamoalar eng foydali transferlarni amalga oshirdi? Qaysi klublar rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ladi? Mavsum boshida jamoalar qanday start oladi? Premer-liganing yangi 2024-25-yilgi mavsumiga hozirlik ko‘rish jarayonida bizga qo‘shiling.

2023-24-yilgi mavsumga nazar

Yangi mavsum boshlanishidan avval o‘tgan mavsumdagi holatlarni eslab o‘tamiz. “Manchester Siti” ketma-ket to‘rtinchi marta Pep Gvardiola qo‘l ostida chempionlikni nishonladi. Gvardiola klub va APL tarixida katta iz qoldirgan mutaxassislardan biri aylanib ulgurdi.

Pep Gvardiola yakunda mavsum murabbiyi degan nomni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fil Foden mavsumning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qabul qilib oldi. Erling Xoland 27 to‘p kiritgan holda mavsum to‘purariga aylandi. Futbol yozuvchilari uyushmasi ham Fil Fodenni eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etdi.

“Manchester Yunayted” futbolchisi Alexandro Garnacho mavsumdagi eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi. “Luton” darvozaboni Tomas Kaminski eng yaxshi seyv sohibi sifatida e’tirof qilindi.

“Manchester Siti”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Aston Villa” Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi. “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasida ishtirok etadi. “Chelsi” esa Konferensiyalar Ligasida o‘z omadini sinab ko‘radi.

2024-25-yilgi mavsum ishtirokchilari

JamoaO‘tgan mavsumdagi o‘rniStadioni
Manchester Siti1Etihad
Arsenal2Emireyts
Liverpul3Enfild
Aston Villa4Villa Park
Tottenxem5Tottenxem Xotspur
Chelsi6Stemford Brij
Nyukasl Yunayted7Sent Jeyms Park
Manchester Yunayted8Old Trafford
Vest Xem9London stedium
Kristal Pelas10Selxyorst Park
Brayton11Ameks
Bornmut12Vitaliti
Fulxem13Kreven Kottej
Vulvz14Molinyu
Everton15Gudison Park
Brentford16Gtex Kommyuniti
Nottingem Forest17Siti Graund
Lester Siti1 (chempionship)King Pauer
Ipsvich Taun2 (chempionship)Portman Road
SautgemptonPley-off g‘olibi (chempionship)Sent Mari

2024-25-yilgi mavsum taqvimi

APLda mavsum 16-avgust, juma kuni boshlanadi. “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” va “Fulxem” jamoalari dastlabki o‘yinda maydonga tushadi. Yevropa chempionati o‘tkazilgani sababli mavsum odatdagidan bir hafta kechroq boshlanadi. 2025-yil 20-may kuni oxirgi tur bahslari o‘tkaziladi.

Mavsum kech boshlanayotgani tufayli qishki tanaffus bo‘lmaydi. Buning o‘rniga qishda 10 jamoa yanvarning birinchi haftasida, qolgan 10 jamoa esa o‘sha tur o‘yinida navbatdagi haftada o‘ynashi rejalashtirilgan.

1-tur o‘yinlari

16-avgust, juma

• 00:00 Man Yunayted – Fulxem

17-avgust, shanba

• 16:30 Ipsvich Taun – Liverpul

• Arsenal – Vulvz

• Everton – Brayton

• Nyukasl Yunayted – Sautgempton

• Nottingem Forest – Bornmut

• 21:30 Vest Xem – Aston Villa

18-avgust, yakshanba

• 18:00 Brentford – Kristal Pelas

• 20:30 Chelsi – Man Siti

19-avgust, dushanba

• 00:00 Lester Siti – Tottenxem

O‘yinlarning biror lahzasini o‘tkazib yubormang. Barcha bellashuvlarni Setanta Sports orqali jonli tomosha qiling!

2024-25-yilgi mavsum murabbiylari

So‘nggi mavsumda faqat uch jamoada mavsum mobaynida murabbiy almashdi. Oldingi yillarga solishtirganda bu ancha yaxshi ko‘rsatkich. 2022-23-yil mavsumida 14 klubda murabbiylar almashtirilgandi. O‘shanda aksariyat o‘zgarishlar sababi kelajak haqida o‘ylashdan ko‘ra natija uchun qayg‘urish bo‘lgandi.

2024-yilning yozida murabbiyni o‘zgartirgan klublar soni beshtadan oshmadi. Uzoq yillik faoliyatidan keyin “Liverpul”dan Yurgen Klopp ketdi va bu murabbiy almashishiga sabab bo‘ldi. Joriy mavsum Arno Slot APLda debyut qiladigan besh murabbiydan biriga aylanadi. Enso Mareska “Chelsi”da, Fabian Xyurseler “Brayton”da, Stiv Kuper “Lester”da va Xulen Lopetegi “Vest Xem”da faoliyatini boshladi.

JamoaMurabbiyTayinlangan
ArsenalMikel Arteta2019, 22-dekabr
Aston VillaUnai Emeri2022, 1-noyabr
BornmutAndoni Iraola2023, 19-iyun
BrentfordTomas Frank2018, 16-oktyabr
BraytonFabian Xyurtseler2024, 2-iyul
ChelsiEnso Mareska2024, 1-iyul
Kristal PelasOliver Glasner2024, 19-fevral
EvertonShon Daych2023, 30-yanvar
FulxemMarko Silva2021, 1-iyul
IpsvichKiran Makkenna2021, 16-dekabr
LesterStiv Kuper2024, 20-iyun
LiverpulArne Slot2024, 1-iyul
Manchester SitiPep Gvardiola2016, 1-iyul
Manchester YunaytedErik ten Xag2022, 1-iyul
NyukaslEddi Xau2021, 8-noyabr
Nottingem ForestNunu Eshpiritu Santu2023, 20-dekabr
SautgemptonRassell Martin2023, 21-iyun
TottenxemAnxe Postekoglu2023, 6-iyun
Vest XemXulen Lopetegi2024, 1-iyul
VulvzGari O`Nil2023, 9-avgust

APL 2024-25-yilgi mavsum transferlari

14-iyun kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. 30-avgustga qadar APL klublari yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. Premyer-liga rasmiy sayti va havolasida klublarda ro‘y bergan barcha o‘tishlarni ko‘rishingiz mumkin.

APL 2024-25-yilgi mavsumini qayerda tomosha qilish mumkin?

Premyer-liganing ajoyib o‘yinlarini Setanta Sports va setantasports.com orqali tomosha qilish mumkin. OTT platformamizda bir paytning o‘zida 4ta uchrashuvni onlayn ko‘rib borish imkoniyati mavjud.

Sizdan faqat tayyorlanish, qulay joylashish va eng yaxshi futbol bahslaridan zavq olish kerak bo‘ladi. APL bahslari faqat Setanta Sportsda!

APL turnir jadvali va bellashuvlar taqvimi bilan tanishing!