Mundarija
Yevro-2024 finalida kim yutadi - Ispaniyami yoki Angliya? | Setanta Sports

Yevro-2024 finalida Ispaniya va Angliya o‘rtasidagi to‘qnashuvda bu safar sovrin qaysi mamlakatga yo‘l olishini bilib olamiz.

Ispaniya musobaqada eng yorqin va hujumkor futbol ko‘rsatgan jamoalardan biri sifatida gavdalandi. Inglizlar esa ehtiyotkor o‘yin namoyish qilishdi. Har ikki jamoaning finalgacha yetib kelgani ular tanlagan yo‘l o‘zini oqlaganini isbotlaydi. Final esa maqsad sari oxirgi qadam tashlash degani. Uch yil avval o‘z uyida Italiyaga imkoniyatni boy bergan Angliya 1966 yildan beri davom etayotgan noxush an’anasiga chek qo‘yishi mumkin. Ketma-ket ikki finalda yutqazish butun Angliyani karaxt ahvolga solib qo‘yishi aniq. Ispaniya esa uncha uzoq bo‘lmagan davrda ikki bor Yevropa chempionligini qo‘lga kiritishga erishgan. Shu sababli Garet Sautgeyt jamoasi endi sovrin yo‘lida borini berishi tabiiy.

Taxminiy tarkiblar


Ispaniya: Simon; Karvaxal, Le Normand, Lyaport, Kukurelya, Ruis, Rodri, Olmo, Yamal, Morata, Uilyams.
Angliya: Pikford; Uoker, Stounz, Gexi, Saka, Meynu, Rays, Shou; Bellingem, Foden, Keyn.

Luis de la Fuentesning o‘yindan oldingi fikrlari:

  • Mening jamoam hozirgidan ham yaxshiroq o‘yin namoyish eta olishini bilaman. Ishonaman, shunday bo‘ladi ham. Futbol falsafasi o‘ziga bo‘lgan ishonchga asoslanadi. Biz o‘z salohiyatimizni to‘liq namoyon etmoqchimiz. Finalda butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi.

Garet Sautgeytning o‘yindan oldingi fikrlari

  • Men Angliyani xorijiy mamlakatda o‘tkazilayotgan birinchi yirik finalga olib chiqqanimdan juda faxrlanaman. Endi biz hozircha turnirda eng yaxshi jamoa bo‘lib turgan Ispaniyani mag‘lub etmoqchimiz. Bu qiyin bo‘ladi. Ular juda yaxshi bosim uyushtiradi. Shu sababli biz to‘p bilan ham, to‘psiz ham ishonchli harakatlanishimiz talab etiladi. Lekin finalda kutilganidan boshqacha o‘yin bo‘lmaydi.

Finalni ham Setanta Sportsda kuzating

Yevro-2024ning barcha uchrashuvlarini Setanta Sports O‘zbekiston hududida bepul namoyish qildi. Finalni ham odatdagidek setantasports.com platformasi orqali 23:55dan boshlab jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.